O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi bojxona postida tirbandlik yuzaga keldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida tirbandliklar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotganligi sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli asosiy oqim "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi harakatlanmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko‘payib borayotganligini inobatga olgan holda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bojxona boshqarmasi rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida tugatilishi rejalashtirilganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, “Navoiy” chegara-bojxona postining faoliyati 2022 yil 1 dekabrdan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli o‘tgan yil davomida bir necha marta “G‘ishtko‘prik” bojxona postida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston G'ishtko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made