“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
Jamiyat
−
02 fevral 6445 1 daqiqa
Toshkent viloyatida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5 fevraldan boshlab 4 oy muddatga yopiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
“G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025 yilning 5 fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr