Germaniyaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili tayinlandi

Olam

image

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Suriya bilan aloqalarni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida maxsus vakil tayinladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda asosiy e’tibor Suriyadagi hamkorlik kanallarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu maqsadda Berbok TIVning Suriyaga bag‘ishlangan maxsus koordinatori etib Tobias Lindnerni tayinlagan. Lindner hozirda TIVning davlat vaziri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, Berbok Germaniya tomonidan Suriyaga 8 million yevro miqdorida gumanitar yordam ajratilishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yordam mahalliy aholiga imkon qadar tez yetkazilishi lozim, ayniqsa oziq-ovqat narxlarining keskin o‘sishi sharoitida. Masalan, Suriyada non narxi bir necha kun ichida 900 foizga oshgan.

Shu bilan birga, Berbok Suriyadagi diplomatik aloqalar vaqtinchalik Bayrut orqali amalga oshirilishini ta’kidlagan. Chunki Germaniyaning Suriyadagi elchixonasi 2012 yilda yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp “Paris Match” jurnaliga bergan intervyusida Suriya hukumati va aholisi respublikadagi mavjud vaziyatni mustaqil ravishda yengishi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Suriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing