Germaniyada yana olomon ustiga mashina haydashdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
03 mart 7623 1 daqiqa
Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Mangeym shahrida avtomobilni olomon ustiga haydashdi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa shahar markazidagi Paradeplatz maydoni yaqinida sodir bo‘lgan. Hududdagi yo‘llar yopilgan, politsiya va qutqaruv xizmatlari voqea sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda. Shu bilan birga, aholiga Mangeymning bu qismini tark etish tavsiya qilingan. Politsiya hududda operatsiya olib borilayotganini tasdiqlagan.
Guvohlarga tayanib “Mannheim24”ning xabar berishicha, qora sport avtomobili Paradeplatzdan katta tezlikda olomon orasiga kirib borgan va Planken ko‘chasi bo‘ylab Mangeymning diqqatga sazovor joyi bo‘lgan minora tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Nashr xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Bavariya shtati Myunxen shahrida avtomobil miting ishtirokchilari ustiga bostirib borgandi. Hodisa norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgan joyda sodir bo‘lgan. U yerda Verdi kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy soha xodimlarining ish tashlashi uyushtirilayotgan bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr