Germaniya Ukrainaga 25 ta Leopard yubordi

Olam

image

O‘tgan haftada Germaniya Kiyevga avvaldan va’da qilingan Leopard 1A5 tankining yana 25 tasini yetkazib berdi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi saytidagi yangilangan ro‘yxatda ma’lum qilindi.

Ro‘yxatga ko‘ra, yangi yordam partiyasi razvedkachi dronlar va radarlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, oxirgi bir yarim yil ichida Ukrainaga Germaniyadan ko‘rsatilgan gumanitar, moliyaviy va harbiy yordamning umumiy hajmi qariyb 24 milliard yevroni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga bir milliard yevrodan ortiq harbiy yordam paketi taqdim etilishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made