Germaniya Ukraina tufayli Polsha bilan tortishib qoldi – OAV

Olam

image

Ukrainaga qurol yetkazib berishni istamaslik Germaniya-Polsha munosabatlarini keskinlashtirmoqda. Sababi, tank halqalari almashinuvi haqidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Varshava allaqachon Berlinni va’dasini buzganlikda ochiq ayblamoqda. Bu haqda “Spegial” nashri xabar berdi.

“Nemislar bizning mudofaani kuchaytirish va ta’minotni to‘ldirishga va’da berdi, ammo, afsuski, ularning hech biri bajarilmadi. Germaniya zaxiralarimizni to‘ldirishga va’da berdi, biroq hech narsa qilmadi”, deya ta’kidlagan Polsha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy.

Nashrga ko‘ra, Germaniya va Polsha o‘rtasida qurol almashinuvi bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, chunki Varshava Ukrainaga yetkazib bergan tanklarini eng yangi nemis Leopard tanklariga almashtirishni talab qildi, ammo Berlin bu va’dani bajara olmadi, chunki ular zaxirada yo‘q.

Yashillar partiyasidan Bundestag a’zosi Anton Xofrayter Germaniya hukumatini va’dasini bajarishga va Polsha bilan qurol almashinuvini amalga oshirishga chaqirdi.

“Biz Bundestagdagi mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha taklifni qabul qildik, endi u amalga oshirilishi kerak”, degan u.

Biroq, muammoni hal qilish dargumon. Germaniya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ishlab chiqarishdagi muammolar tufayli Leopard tanklarini tezda yetkazib berish shunchaki imkonsizdir, deya xulosa qilingan maqolada.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing