Germaniya Ukraina masalasida Hindiston bilan yashirin muzokara o‘tkazyapti

Olam

image

Germaniya Hindiston bilan Ukraina Qurolli Kuchlariga berish uchun bir necha yuz ming artilleriya snaryadlarini sotib olish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Spiegel” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Hindiston rasmiylari Rossiya bilan munosabatlarni buzishni istamagani uchun muzokaralarni sir saqlamoqda.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlariga mos keladigan bunday bitimlar arab davlatlari bilan ham tuzilishi mumkin. Ularning ayrimlarida katta snaryad zaxiralari mavjud.

Nemis razvedka xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi snaryadlari iyun oyigacha tugashi mumkin.

Germaniya Mudofaa vazirligining mansabdorlaridan biri Kristian Freyding Ukrainada artilleriya va zenit o‘q-dorilari yetarli emasligini hisobga olib, muzokaralar olib borish kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, 2024 yilda Germaniya hukumati Ukrainaga qurol sotib olish uchun 7 milliard yevro ajratadi.

Ma’lumot uchun, fevral oyida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar Germaniyaning Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida Nyu-Dehli Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq G‘arb davlatlarining Ukrainaga beradigan o‘q-dorilari yo‘qligi sababli ularni uchinchi davlatlardan qidirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Hindiston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing