G‘arb uchinchi davlatlardan Kiyev uchun snaryadlar qidirmoqda – Kuleba
Olam
−
26 fevral
5747G‘arb davlatlari Ukrainaga jo‘natishi mumkin bo‘lgan o‘z o‘q-dorilari yo‘qligi sababli ularni uchinchi davlatlardan qidirmoqda. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.
"Ukraina uchun snaryadlarni qayerdan va qanday olish mumkinligi haqida bir yechim bor. Endi bu sir emas – hamkorlar uchinchi mamlakatlardan snaryadlarni sotib olishi va ularni Ukrainaga o‘tkazishi kerak. Ikkinchidan: sheriklar o‘z snaryadlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilishni to‘xtatib, ularning hammasini Ukrainaga topshirishi kerak. O‘shanda biz G‘arb davlatlarining harbiy-mudofaa sanoati to‘liq quvvatga kirgunga qadar snaryadlar yetishmovchiligini qoplaymiz”, deydi TIV rahbari.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya vakillari bilan so‘nggi uchrashuvlarida ular bir qator uchinchi davlatlar bilan o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar, ularning aniq hajmlari va muddatlari haqida gaplashgan.
Shuningdek, u Kiyev uchun armiya uchun snaryadlar olish ittifoqchilari bilan muzokaralarda “birinchi darajali mavzu” bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
"Qurol uchun ikkinchi ustuvor yo‘nalish – havo hujumidan mudofaa tizimlari. Uchinchi ustuvorlik – uzoq masofali raketalar. Bu yerda hamma tushunadi: ATACMS va Taurus – asosiy qurollar. To‘rtinchi ustuvorlik, keng qamrovli – bu bizning sheriklarimiz va Ukraina bilan birgalikda qurol ishlab chiqarishni maksimal darajada oshirish", deydi vazir.
Qayd etish joizki, 24 fevral kuni Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mart oyi oxirigacha Yevropa Ittifoqi Kiyevga 170 ming o‘q-dori yetkazib berishni rejalashtirayotganini aytgan. U qaysi turdagi snaryadlar yetkazilishini ochiqlamagan.
LiveBarchasi