Germaniya Isroilga qurol eksportini to‘xtatdi

Olam

image
G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 200 nafardan oshdi north_east

G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 200 nafardan oshdi

Kecha, 8 avgust kuni Germaniya G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat sababli Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat kansleri Fridrix Mers ma’lum qildi.

Mersning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya “keyingi xabargacha” G‘azo sektorida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan harbiy texnikani Isroilga eksport qilishga ruxsat bermaydi. U, shuningdek, Isroil Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan “G‘azo sektorida yanada keskinroq harbiy harakatlar” qaroriga e’tibor qaratgan.

Kanslerning bildirishicha, Germaniya hukumati G‘azo sektoridagi tinch aholi azob-uqubatlaridan hanuz chuqur xavotirda. Uning fikricha, yangi hujumni boshlarkan, Isroil hukumati qirg‘oqbo‘yi aholisining ta’minoti uchun yanada katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi va BMT hamda boshqa tashkilotlar orqali gumanitar yordam yetkazilishi uchun barcha imkoniyatlarni ta’minlashi lozim.

Mersning ta’kidlashicha, hozir asosiy e’tibor o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga qaratilishi kerak.

“Germaniya hukumati Isroil hukumatidan G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishga qaratilgan qo‘shimcha qadamlarni qat’iy ravishda amalga oshirmaslikni talab qiladi”, deyiladi hukumat bayonotida.

Qayd etish joiz, 2023 yilda Germaniya Isroilga qurol eksportini qariyb 10 baravar oshirgan, ammo ularning atigi 6 foizi o‘limga olib keluvchi qurollar bo‘lib, asosiy qismi zirhli texnika, himoya oynalari va yuk mashinalaridan iborat bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bu qaror Isroil hukumati kecha, 8 avgust kuni G‘azo shahrini to‘liq bosib olish rejasini ma’qullagandan so‘ng qabul qilindi. Isroilning rejasiga ko‘ra, 1 million aholini evakuatsiya qilish talab etiladi va operatsiya bir necha oy davom etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Isroil qurol eksporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing