Germaniya Bashar Asadni davlat terrorizmida aybladi
Olam
−
24 aprel 2021 4362 1 daqiqa
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Suriya Prezidenti Bashar Asadni davlat terrorizmida aybladi.
Xayko Maas bu haqda "EuropaCamp 2021" konferensiyasi paytida so‘z ochgan.
"Suriyada inson huquqlari doimiy ravishda buzib kelinadi, biz bunga tez-tez guvoh bo‘lamiz", degan Maas.
Uning ta’kidlashicha, shu sababli G‘arb davlatlari Suriya Hukumati bilan aloqa o‘rnatishga va muzokaralarni boshlashga tayyor emas.
"Bu urush davom etar ekan, men G‘arb davlatlari hamjamiyati orasida Asad bilan bu urushni qanday tugatish haqida muhokama qilishga tayyor bo‘lgan odamni ko‘rmayapman", deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26 may kuni Suriyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Hozirga qadar Suriya Prezidentligi uchun olti kishi, shu jumladan Bashar Asad ham ariza topshirgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust