Germaniya Hukumati Navalniyga nima bo‘lganini aytdi

Olam

image

Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy katta ehtimol bilan zaharlangan deb hisoblayapti. Bu haqda GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Shunday ehtimol borki, Navalniyni zaharlashgan, himoya zarur”, degan Zaybert.

Zaybert Germaniya hukumati Navalniyga rasmiy darajada taklif bildirmaganini ma’lum qildi. Ammo uning Berlinga olib kelinishini ta’minlagan.

Ma’lumot uchun, Aleksey Navalniy 20 avgustdan beri komada qolyapti. U Tomskdan Moskvaga uchayotganda tobi qochgandi. Uning safdoshlari siyosatchi zaharlanganini taxmin qilyapti.

U ikki sutka Omskdagi shifoxonada qolib ketdi. Shundan so‘ng, shifokorlar uni Berlinga ko‘chirishga ruxsat berdi. Navalniyning tarafdorlari shifokorlarning bunday harakatini organizmdagi zaharlash izlarini yo‘qotish uchun vaqtdan yutish deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing