G‘azoga qo‘shin yuborishga va’da bergan Tebbun prezidentlikka qayta saylandi
Olam
−
09 Sentabr
10780Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida 94,65 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Jazoir Mustaqil milliy saylov boshqarmasi rahbari Muhammad Sharifiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Tebbun 94 foizdan ortiq ovoz bilan qayta prezidentlikka saylandi. “Tinchlik jamiyati uchun harakat” islomiy partiyasi nomzodi Abdulali Hassani Sharif 3,17 foiz ovoz olgan bo‘lsa, Sotsialistik kuchlar harakati bosh kotibi Yusuf Ussuchi 2,16 foiz ovoz bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
Muhammad Sharifiy saylovlarda qatnashish darajasi 48 foizni tashkil etganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Buteflika 2019 yilda Jazoirdagi ommaviy noroziliklardan so‘ng 20 yillik hokimiyatdan keyin iste’foga chiqishga majbur bo‘lgach, Abdulmajid Tebbun 58 foiz ovoz bilan mamlakatning yangi Prezidenti bo‘lgan. Tebbun yana bir prezidentlik muddati uchun mustaqil nomzod sifatida ishtirok etdi va armiya, ommaviy axborot vositalari, diniy jamoalar, ish beruvchilar va ba’zi siyosiy partiyalardan yordam oldi.
Eslatib o‘tamiz, Tebbun saylovoldi tadbirlaridan birida Jazoir Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaralar ochilishi bilanoq G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor ekanini aytgandi.
LiveBarchasi