G‘azodagi “Islomiy jihod” rahbariyati yo‘q qilindi – Netanyaxu
Olam
−
15 may 2023
4632Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa kuchlari “Qalqon va o‘q” operatsiyasi davomida G‘azo sektoridagi “Islomiy jihod”ning butun rahbariyatini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari G‘azodagi guruhning barcha rahbarlarini, uning 17 ta qo‘mondonlik markazi va tankga qarshi otryadlarni yo‘q qilgan.
Ma’lumot uchun, “Islomiy jihod” mustaqil Falastin islom davlatini yaratish va Isroilni yo‘q qilishni xohlaydigan harbiylashtirilgan guruh hisoblamadi. U 1970 yillarda tashkil etilgan va Isroil, Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mayga o‘tar kechasi Isroil o‘z hududining o‘qqa tutilishiga javoban G‘azodagi “Islomiy jihod”ga qarshi “Qalqon va o‘q” operatsiyasini e’lon qilgandi. Oxirgi kunlarda o‘zaro otishmalar sodir bo‘lganda, Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 13 may kuni soat 22:00 dan boshlab tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. 14 mayga o‘tar kechasi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan so‘ng, yana qisqa muddatli to‘qnashuv sodir bo‘ldi, biroq kun davomida vaziyatdan kelib chiqqan holda kelishuvga rioya qilindi. Tel-Aviv ma’lumotlariga ko‘ra, besh kun davom etgan janglarda Isroilga jami 1200 ta raketa otilgan, ikki kishi halok bo‘lgan. G‘azoda esa tinch aholi orasida o‘n kishi qurbon bo‘ldi. Biroq G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 33 kishi halok bo‘lgani va 151 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi