G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga kelasi dushanbagacha erishilishi mumkin – Bayden 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kelgusi dushanba, 4 mart kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda. Bu haqda kecha, 26 fevral kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

"Umid qilamanki, hafta oxirigacha. Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchim Jeyk Sallivan menga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqin ekanimizni aytdi, ammo biz hali buning yakuniga yetganimiz yo‘q. Umid qilamanki, kelasi dushanbagacha biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishamiz", degan Bayden.

“Axios” portalining yozishicha, Vashington ma’muriyati 2024 yil 11 martda boshlanadigan Ramazon oyigacha kelishuvlarga erishmoqchi.

Turli OAVlarning xabariga ko‘ra, Isroil anklavda garovga olingan isroilliklar evaziga qamoqxonalarda saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilishga tayyor. Kelishuv 400 nafar falastinlik mahbusni ozod qilish evaziga HAMAS tomonidan 40 nafar garovdagi isroillikni qo‘yib yuborishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Bundan tashqari, Isroil G‘azo sektori shimoliga gumanitar yordam oqimini oshirish, shuningdek, u yerga tinch aholining bosqichma-bosqich qaytishiga ruxsat berishi mumkin, biroq yosh yigitlar bundan mustasno.

Mumkin bo‘lgan kelishuvning boshqa elementlari, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish muddati va HAMASning Isroil harbiy kuchlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqib ketish talabi hamon muhokama qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing