G‘azoda bir bardoq suvning badali inson joni bilan to‘lanmoqda – Emina Erdo‘g‘an
Olam
−
25 Sentabr 2025 3024 2 daqiqa
Bugun dunyoda suv eng qimmat hudud G‘azodir, chunki u yerda bir stakan (bardoq)suvning badali inson hayoti bilan to‘lanmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti rafiqasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nol chiqindi” bo‘yicha Oliy darajali maslahat kengashi raisi Emina Erdo‘g‘an Turkiya Atrof-muhit, shahar ishlari va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Nyu-Yorkda tashkil etilgan “Nol chiqindi – tomchi-tomchi” nomli ko‘rgazmalagi chiqishida gapirdi.
Uning afsus bilan qayd etishicha, bugun insoniyat suvdan genotsid quroli sifatida foydalanilayotgan qorong‘u davrda yashamoqda. 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil o‘z hujumlarida G‘azoning suv infratuzilmasini ataylab vayron qilmoqda. Suv quvurlari, tozalash inshootlari, quduqlar va infratuzilmalarning 85 foizi ishlamaydi.
“Falastinliklar kunlik suv ehtiyojlarini qondirish uchun uzoq masofalarni piyoda bosib o‘tishga majbur. Ba’zan ular oilalariga suv olib kelmasdan oldin navbat kutib turganlarida raketa zarbasidan halok bo‘lishadi. O‘zidan og‘irroq suv kanistrlarini ko‘tarishga qiynalayotgan kichkina bolalar tasvirlari insoniyat vijdoniga qora dog‘dir. Odamlar yaroqsiz suv ichishga majbur. Aftidan, G‘azoda birorta ham axloqiy, huquqiy, gumanitar qizil chiziq qolmagan. Biz bolalar “Ona, bugun kechki ovqatga nima yeymiz?” deyolmaydigan dunyoga tushib qoldik. Axloqiy kompasni yo‘qotgan davlat insoniyat vijdoni bilan kurashga kirishdi. Insoniyat bu kurashda mag‘lub bo‘lmasligi kerak”, deydi Turkiya birinchi xonimi.
Emina Erdo‘g‘an suv va non qurol sifatida ishlatilmaydigan, xalqaro huquq buzilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar hamma uchun amal qiladigan adolatli dunyoga umid bildirdi.
Live
Barchasi