G‘azo sektori Falastin nazorati ostida bo‘lishi kerak – AQSH 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori Falastin-Isroil mojarosi tugaganidan keyin Falastin ma’muriyati tomonidan boshqarilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel navbatdagi brifingda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorining kelajagi haqidagi qaror “Falastin xalqining xohish-istaklarini aks ettirishi va shunga asoslanishi” kerak, deb hisoblaydi. 

“Oxir-oqibat, biz G‘azoning G‘arbiy sohil bilan Falastin ma’muriyati ostida birlashishidan manfaatdormiz”, deydi Patel.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Yaponiyaga tashrifi chog‘ida o‘tkazgan matbuot anjumanida G‘azo sektorini kelajakda na HAMAS harakati, na Isroil nazorat qila olmasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, hozir "xavfsizlikni qanday ta’minlash hamda Falastin davlatining G‘azo va G‘arbiy Sohil ustidan nazorat o‘rnatishi" bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat departamenti Isroilning G‘azo sektorini qayta ishg‘ol qilishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing