G‘azo aholisi “o‘lim, halokat va kasallik halqasida” yashayapti – BMT 

Olam

image

G‘azoda falastinliklar yashirinishi mumkin bo‘lgan birorta ham xavfsiz joy yo‘q, odamlar “o‘lim, halokat va kasallik halqasida” yashayapti. Bu haqda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha koordinatori Martin Griffits ma’lum qildi.

Uning aytishicha, o‘tgan haftadagi vaqtinchalik kelishuv hujumlar to‘xtatilganda  vaziyat qanday bo‘lishini ko‘rsatgan. Biroq bugungi Xon Yunusdagi vaziyat buning aksini ko‘rsatadi.

Uning ta’kidlashicha, "gumanitar pauza" vaqtida mahbuslar ozod qilingan, oilalar birlashgan, G‘azoga kirib kelayotgan insonparvarlik yordami hajmi oshgan, ammo bu blokadadagi mintaqadagi falastinliklarning ehtiyojlarini qondirish uchun hali ham yetarli emas.

“Bugun bir necha soat ichida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi. Oilalarga yana evakuatsiya qilinishi kerakligi aytildi. Umidlar puchga chiqdi”, degan Griffits janglarni tugatish zarurligini ta’kidlab.

U urushning ikkinchi oyida G‘azoning butun aholisi, jumladan, ayollar va bolalar “qo‘rquv, halokat va kasallik halqasi”da yashayotganiga e’tibor qaratgan.

“Bugungi kunda G‘azoda falastinliklar boshpana topishi mumkin bo‘lgan birorta ham xavfsiz joy yo‘q va bu qabul qilinishi mumkin emas”, deya qayd etdi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari.

U Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va HAMAS o‘rtasida 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan va ikki marta – mos ravishda 27 va 29 noyabrda uzaytirilgan sulh muddati tugab, kecha, 1 dekabr kuni ertalab  Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga hujumni qayta boshlagandi.  Isroil G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasini urush hududi deb e’lon qildi va to‘rtta hudud aholisini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirdi


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing