Ğazoda falastinliklarning 70 mingta çodirini suv bosdi (video)
Olam
−
21:54 540 2 daqiqa
Ğazo sektorida 12 soat davomida yoğgan kuçli yomğirlar oqibatida uy-joyidan majburan köçirilgan falastinliklar panoh topgan 70 mingta çodirni suv bosdi. Dastlabki moddiy zarar taxminan 3 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda Ğazo sektori hukumati matbuot xizmatining yozma bayonotida aytiladi.
Idoraning ma’lum qilişiça, qişgi mavsum boşlanişi bilan noqulay ob-havo şaroiti Isroil hujumlari oqibatida öz uylarini tark etişga majbur bölgan falastinliklarning ahvolini yanada oğirlaştirgan.
Bayonotga köra, Ğazo sektorida 12 soatlik kuçli yomğir davomida 70 mingta çodirni suv bosgan. Bundan taşqari, eksklavning turli hududlarida önlab devorlar qulab tuşgan, köplab odamlar jarohat olgan, ularning ba’zilarining ahvoli oğir deb baholanmoqda.
Hokimiyat organlari, şuningdek, Isroil hujumlari oqibatida şikastlangan önlab binolarning qulab tuşiş xavfidan ogohlantirgan. Qayd etilişiça, noqulay ob-havo şaroiti ularning vayron böliş xavfini oşiradi.
Dastlabki baholaşlarga köra, yoğingarçilikning dastlabki 12 soatida yetkazilgan töğridan töğri moddiy zarar taxminan 3 million dollarni taşkil etgan. Şu bilan birga, Ğazo hukumati eksklavda yuzaga kelgan vaziyat uçun butun mas’uliyatni Isroil zimmasiga yuklagan.
Gumanitar inqiroz çuqurlaşişining asosiy sabablari qatorida Isroilning çegara ötiş joylarini yopişda davom etayotgani hamda aholini vaqtinçalik joylaştiriş va vayron bölgan infratuzilmani tiklaş uçun materiallarni eksklavga olib kirişga tösqinlik qilayotgani alohida ta’kidlangan.
Ğazo hokimiyati xalqaro hamjamiyatni, BMT muassasalarini va xalqaro taşkilotlarni köçirilgan falastinliklarning hayotini saqlab qoliş hamda ularni zarur vositalar bilan ta’minlaş uçun zudlik bilan vaziyatga aralaşişga çaqirgan.
Qayd etiş joiz, Isroil armiyasi 2025 yil 10 oktyabrda kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitimga qaramay, qamaldagi Ğazo sektoriga zarbalar berişni davom ettirmoqda. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining sönggi ma’lumotlariga köra, sulh kuçga kirgan paytdan beri Isroil hujumlari oqibatida 1610 kişi halok bölgan, yana 5819 kişi jarohat olgan. 2023 yil oktyabr oyidan beri Ğazo sektoriga qilingan Isroil hujumlari oqibatida halok bölganlarning umumiy soni 74 ming kişidan, jarohatlanganlar esa 175 ming kişidan oşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Ğazo sektoriga tijoriy tovarlar kiritilişini töxtatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr