Gaz “zapravkalar”ga qo‘shimcha talablar qo‘yildi
Jamiyat
−
15 iyul
15816O‘zbekistonda AGTKSHlar uchun qo‘shimcha talablar belgilandi. Bu bo‘yicha joriy yilning 6 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning 1 sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda ko‘rsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.
Shuningdek, yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi.
Litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak. Bular:
- AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator Uzinfocom MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim o‘rnatilganini tasdiqlovchi hujjat;
- Energetika vazirligining AGTKSH orqali siqilgan gaz sotish bo‘yicha yangi litsenziya olish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvini tasdiqlovchi taqdimnomasi.
Amaldagi litsenziatlar uchun Uzinfocom avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi 2025 yil 1 yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi.
LiveBarchasi