Zangiotada “zapravka” portladi. Jabrlanganlar bor (video)

3-sahifa

image

Kecha, 16 iyul kuni Toshkent viloyatidagi avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida uch kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:46 da Toshkent viloyati FVBBga, Zangiota tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasi hududida o‘rnatilgan propan saqlash sig‘imi va propan gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan va yong‘in bugun, 17 iyul kuni soat 00:04 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar fuqaro tan jarohati olib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Hodisadan keyin mazkur jabrlanganlarning ahvoli to‘g‘risida hali ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xonobod shahrida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing