Andijonda “zapravka” portladi. Jabrlanganlar bor
3-sahifa
−
02 iyul 47346 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Andijon viloyatining Xonobod shahrida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 10:30 atrofida Xonobod shahar “Anhor” mahallasidagi AGTKSH kompressor xonasida yuz bergan. Xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Chaqnash tufayli kompressor xonasining 30 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shuningdek, eshik va derazalariga zarar yetgan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar yo‘q.
Hozirda chaqnashning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumandagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgandi.