Surxondaryodagi “zapravka”da gaz portladi (video)
3-sahifa
−
10:05 2113 1 daqiqa
Bugun, 7 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:24 da Surxondaryo viloyati FVBga tumanning “Oqtom” MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida KAMAZ rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gazini quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 08:39 da yotib borib, yong‘in 08:42 da o‘rab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sig‘imning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini bo‘shatish vaqtida texnologik jarayonning bo‘zilishi taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, “Hududgazta’minot” rahbar va xodimlari chiqqan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.