Gavayilik olim asteroidga “soyabon” ulash orqali global isishning oldini olmoqchi

Texnologiya

image

Gavayi universiteti Astronomiya bo‘limi astronomi Ishtvan Sapudi global isish bilan kurashishning yangi usulini taklif etdi. Unga ko‘ra quyosh qalqoni va qo‘lga kiritilgan asteroiddan foydalaniladi. Bu haqda “Sciencetimes” nashri xabar berdi.

G‘oyaga ko‘ra, asteroidni tutib, Yer yaqiniga joylashtirish va quyosh nurlarining bir qismini to‘sib qo‘yish uchun unga soyabon bog‘lash mumkin. Eng muhimi, bu g‘oyani amalga oshirish mumkin. Sababi NASA'ning bildirishicha, insoniyat asteroidlarni yo‘naltira olish imkoniyatiga ega. Sapudining fikricha, agar tadqiqot ishlari tezroq boshlansa,  kech bo‘lmasidan bu g‘oyani amalga tatbiq etish mumkin. Tadqiqotchi bu o‘nlab yillar ichida iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun ishlaydigan dizaynni yaratishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Sapudi quyosh nurlanishini 1,7% ga kamaytirishni maqsad qilgan, chunki bu global harorat ko‘tarilishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan taxminiy miqdor.  Global haroratni pasaytirishning eng to‘g‘ri yechimlaridan biri bu yerni Quyosh nurlarining bir qismidan himoya qilishdir. Ammo tortishish kuchlarini muvozanatlash va quyosh radiatsiyasi bosimi sabab qalqon uchib ketmasligi uchun uning hajmini katta qilish zarur. Bunday katta vaznli “soyabon”ni yasash va koinotga olib chiqish esa anchagina tashvish tug‘diradi.

Bundan tashqari, hatto kichkina asteroidning og‘irligi ham millionlab tonnani tashkil etadi va hozirda insoniyat bu tosh bo‘laklarini qayta ishlash va ularni istalgan hududga joylashtirish uchun talab etiladigan texnologiyalarga ega emas. Shuningdek, qalqonni asteroid bilan bog‘laydigan yengil, ammo kuchli Grafen arqonni ishlab chiqish ham juda muhimdir.

Eslatib o‘tamiz, NASA qimmatbaho metallarga boy, deb taxmin qilinayotgan Psyche-16 asteroidi tomon shu nomdagi kosmik kemani uchirishga hozirlik


Maqola muallifi

Teglar

asteroid NASA Astronomiya global isish soyabon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing