Garsiya  O'Melli bilan jang bo‘yicha muzokaralar boshlanganini tasdiqladi

Sport

image

Amerikalik mashhur yarim o‘rta vazn toifasidagi bokschi Rayan Garsiya UFC chempioni Shon  O'Melli bilan boks qoidalariga ko‘ra jang o‘tkazish uchun muzokaralarni boshlaganini aytdi.

“Biz Shon  O'Malli bilan boks jangi bo‘yicha muzokaralarni boshladik. Avgust oyida jang qilishim uchun yana bir imkoniyat bor. Saudiyaliklar avgust oyida Los-Anjelesda turnir o‘tkazmoqchi, men u yerda Isaak Krusga qarshi jang qilishim mumkin”, deydi Garsiya.

Shu yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida O'Malli ekvadorlik Marlon Vera bilan to‘qnash keldi. Jang to‘liq besh raund davom etdi va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra, Shonning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, amerikalik jangchi chempionlik kamarini birinchi himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Garsiya oxirgi jangidan qancha daromad qilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Marlon Vera Rayan Garsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing