Rayan Garsiya faoliyatini yakunladi
Sport
−
20 iyun
5085Sobiq Butunjaon boks kengashi (WBC) vaqtinchalik chempioni va WBC Silver yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Rayan Garsiya faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Men rasman nafaqaga chiqdim. Korrupsiya juda ko‘p, men bundan charchadim. Men aktyorlik faoliyatini boshlashim yoki qo‘shiq aytishim mumkin. Mashg‘ulotlarda davom etaman. Eng achinarlisi, men ajoyib bokschi edim. Ketayotganimdan xafaman, chunki boksni yaxshi ko‘raman”, deydi Garsiya.
Aprel oyida Garsiya hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan hamyurti Devin Xeyni mag‘lub etdi, ammo keyinroq Garsiyaning doping testida taqiqlangan moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.
25 yoshli Garsiya professional ringda 26 ta jang o‘tkazib, 25 ta g‘alaba (20 tasi nokaut) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
LiveBarchasi