Amerikalik mashhur bokschi hibsga olindi
Sport
−
10 iyun
15916Amerikalik bokschi Rayan Garsiya Kaliforniya shtati Beverli-Xillz shahrida buzg‘unchilikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Sportchi yashayotgan mehmonxona uni 15 ming dollardan oshiq mulkka zarar yetkazganlikda ayblaganidan so‘ng, Garsiya 8 iyun kuni hibsga olingan. Hibsga olinganidan keyin Garsiya sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qildi. So‘ngra u davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.
Garsiyaning advokati Darin Chavesning aytishicha, bokschi onasining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda.
“Rayan ko‘p yillar davomida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq kurashlar haqida ochiq gapirdi. Ayni paytda qattiq stressda. Muxlislar va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi unga shaxsiy muammolarini yengishda juda muhim. Rayanni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlang. Bizning jamoamiz unga kerakli yordamni ko‘rsatadi”, deydi Chaves.
Ma’lumot uchun, Garsiya 25 yoshda. Uning professional ringdagi hisobida 25 g‘alaba va bitta mag‘lubiyati bor. May oyida sportchi Jahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha sobiq chempion Devin Xeyniga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi