Garsiya Xeyniga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
24 aprel
6412Butunjahon boks ittifoqi (WBC) yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi chempion Devin Xeyni ustidan shov-shuvli g‘alaba qozongan amerikalik Rayan Garsiya jangdan 50 million AQSH dollari miqdorida daromad qildi. Bu haqda Garsiyaning o‘zi X sahifasida ma’lum qildi.
“Taxminan ellik million, ehtimol ko‘proq – bitta jang uchun yomon summa emas”, deydi Garsiya.
Bokschi, shuningdek, ushbu summaning bir qismi, ya’ni o‘n ikki million dollarni o‘ziga pul tikish orqali yutib olganini tasdiqladi.
“Agar siz pul tiksangiz, o‘zingizga tiking!”, deya qo‘shimcha qildi Garsiya.
Qayd etish joiz, 21 aprel tongida Bruklinda bo‘lib o‘tgan Devin Xeyni va Rayan Garsiya o‘rtasidagi jang o‘n ikki raund to‘liq davom etdi va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Garsiya mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelgan Xeynidan ustun keldi. Jang davomida Rayan Devinni 3 marta nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Garsiya oxirgi jangidan tushgan daromadining 20 million dollarini G‘azo sektoriga gumanitar yordam sifatida ajratishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi