G‘arbning Ukrainaga yordam berishi rusofobiyaning cho‘qqisi bo‘ldi – Lavrov

Olam

image

Ukraina rasmiylarining Vashington va Bryussel tomonidan so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanishi G‘arbning rusofobiya kursisining cho‘qqisi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida bo‘lib o‘tgan “Raqamli xalqaro munosabatlar – 2022” anjumanida aytib o‘tdi.

“Ushbu rusofobik kursning kulminatsion nuqtasi Vashington va Bryussel tomonidan radikal millatchi Kiyev rejimini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlash, Ukrainada o‘ta radikallarni tarbiyalash, Ukrainadan “anti-Rossiya”ni yaratish bo‘ldi”, deydi u.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQSH boshchiligidagi G‘arb bugungi kunda boshqa davlatlarning milliy manfaatlariga ziyon keltirgan holda o‘zining tor g‘arazli vazifalarini hal etishda davom etish uchun xalqaro masalalarda o‘z hukmronligini tiklash va mustahkamlashga intilmoqda.

“Ushbu tajovuzkor chiziqning eng muhim tarkibiy qismi G‘arbning uzoq yillik mamlakatimizni har tomonlama, tizimli ravishda ushlab turish siyosatidir”, deydi u.

Vazirning ta’kidlashicha, G‘arb sakkiz yil davomida Kiyevning Minsk kelishuvlarini bajarishni istamasligidan “qalqon” sifatida foydalanib kelgan va Ukraina hukumatini Donbassdagi inqirozni kuch bilan hal qilishga undamoqda. 

“Ukraina NATOga faol jalb qilindi, rus tili, rus ta’limi, rus ommaviy axborot vositalarini taqiqlash har tomonlama rag‘batlantirildi, mustaqil jurnalistlarni hibsga olish, ta’qib qilish va hattoki o‘ldirish ham ko‘paydi”, deydi Lavrov.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing