G‘arb Ukraina prezidentligiga nomzod qidirmoqda
Olam
−
11 dekabr 2023
15381G‘arb Ukraina uchun boshqaruvga qulay bo‘lgan yangi prezident qidirmoqda. Bu haqda bugun, 11 dekabr kuni Qrim Respublikasi Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet aytib o‘tdi.
Avvalroq, Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin G‘arb davlatlari Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rniga nomzod qidirayotgani haqida gapirgan edi. Nomzodlar orasida Ukraina Qurolli Kuchlari (AFU) Bosh Qo‘mondoni Valeriy Zalujniy, Prezident devonining boshlig‘i Andrey Yermak, Prezident devonining sobiq mustaqil maslahatchisi Aleksey Arestovich (Rosfinmonitoring tomonidan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan) va Kiyev meri Vitaliy Klichko bor.
“Bir qarashda, demokratik G‘arb yana bir bor Ukraina xalqining fikri bilan qiziqishni zarur deb hisoblamasligi va hozirdanoq yangi “latta” prezident va millat xoinini qidirayotgani juda ajablanarli”, deydi Sheremet.
Uning fikricha, G‘arb uchun Ukraina faqat mustamlaka va g‘ayritabiiy siyosiy va iqtisodiy eksperimentlar platformasi.
Avvalroq, 7 dekabr kuni Italiyaning "L'Antidiplomatico" nashri Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakni Zelenskiyning eng xavfsiz vorisi deb atagan edi. Jurnalistlarning fikricha, agar u nomzod sifatida ko‘rsatilsa, Zelenskiyning xavfsizligini ta’minlay oladi.
Oktyabr oyi boshida Zelenskiy urushlar tugaganidan keyin saylovlar o‘tkazilsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish niyatida emasligini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, Zelenskiy 2019 yilning bahorida davlat rahbari etib saylangan edi. Ukrainada 2022 yil fevralidan beri harbiy holat joriy qilingan. Unga ko‘ra, prezidentlik saylovlari taqiqlangan, biroq parlament tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlasa, saylovlar o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Zelenskiyni Oq uyga taklif qilgandi.
LiveBarchasi