G‘arb Rossiyani hech qachon tor-mor etolmaydi – Putin

Olam

image

Prezident Vladimir Putin Kremlda bo‘lib o‘tgan “Rossiya Qahramonlari” bilan suhbati chog‘ida G‘arb Rossiyani tor-mor etishga urinayotgani, lekin hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi. 

“Rossiya-1” telekanali jurnalisti Pavel Zarubin o‘zining Telegram-kanalida Putinning bayonotidan parcha keltirdi. 

"Rossiyani uzoqlashtirishga, uni zaiflashtirishga va oxir-oqibat tor-mor etishga urinish bo‘ldi. Ular [G‘arb] buni hech qachon va hech qachon qila olmaydi", degan Rossiya rahbari.

Ukrainadagi voqealar haqida gapirar ekan, Putin Moskva avvaliga jim kuzatganini, qandaydir tarzda o‘z-o‘zidan tinchlanishiga umid qilganini aytib o‘tgan. Ammo keyin "Rossiya Donbass aholisiga yordam berishga majbur bo‘lgan".

Putin o‘z vaqtida Minsk kelishuvlari tuzilgani, biroq G‘arb ularni amalga oshirishni xayoliga ham keltirmaganini aytdi. Rossiya davlati rahbari Germaniyaning sobiq kansleri ham, Fransiyaning sobiq prezidenti ham buni ochiq tan olib, faqat Ukrainani jangovar harakatlarga tayyorlash uchun imzo chekkanliklarini aytganini eslatdi.

Ma’lumot o‘rnida, urush boshlanganidan beri Rossiya va Ukrainaning yo‘qotishlari haqida bayonot berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Kreml Rossiya Qahramonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made