G‘arb razvedkasi Markaziy Osiyodagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun terrorchilar bilan hamkorlik qilyapti – Narishkin
Olam
−
24 may
11830AQSH va Britaniya razvedka xizmatlari Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun terrorchi guruhlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday fikrni Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin bugun, 24 may kuni Bishkekda o‘tgan MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga bildirdi.
“Bir necha yil oldin amerikaliklarning Afg‘onistondan ancha sharmandali qochib ketganiga qaramay, Britaniya va Amerika razvedka xizmatlari nafaqat Afg‘onistonda, balki u bilan chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlari va umuman boshqa Yevrosiyo davlatlarida ham vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida yashirin terrorchi guruhlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmayapti”, degan u.
Narishkinning aytishicha, "Al-Qoida” va ISHID kabi terrorchilik tuzilmalari AQSH va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari faoliyatining mahsulidir.
“Bugungacha bu maxsus xizmatlardan Suriya eng yorqin, ammo yagona misol emas, Afg‘oniston esa bu borada eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatdir”, deydi Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekdagi mazkur yig‘ilishda qatnashgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov “Krokus Siti Holl”dagi terakt buyurtmachilari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmoqchi bo‘lganini aytgandi.
LiveBarchasi