G‘arb Isroilga ta’siri yo‘qligidan tushkunlikka tushdi – “Bloomberg”

Olam

image

G‘arb davlatlari Isroil siyosatiga, ayniqsa, Yaqin Sharq mojarosi masalalarida ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari cheklanganidan xavotirda. Bu haqda manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tel-Avivga “ta’sirning yo‘qligi tufayli Vashingtonda umidsizlik bor”, bu esa AQSHda yaqinda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini inobatga olgan holda, Isroil katta harakat erkinligiga ega ekanligini anglatadi. Fransiya rasmiylari ham AQSH Isroilga, ayniqsa, Livan masalasida hech qanday bosim o‘tkazmayotganini bildirib kelmoqda.

Yaqin Sharq inqirozining yanada kuchayishi neft va yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelishi, bu esa demokratlarning pozitsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa-da, Amerika ma’muriyati chet elda va mamlakat ichida choralar ko‘rishga tayyor emas. 

“Bloomberg”ning yozishicha, hozirda Isroilning ittifoqchilari ularga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasdan, “voqealarning rivojini shunchaki kuzatmoqda”. Vashington, shuningdek, Isroil Livandagi muvaffaqiyatlari va Livandagi “Hizbulloh” harakati uchun yetkazgan zararni haddan tashqari oshirib, Eron bunga qanchalik jiddiy javob berishi mumkinligini kam baholayotganidan xavotirda.

Tel-Avivning Livandagi harakatlariga shubhalarni AQSH Davlat departamenti rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Vendi Sherman bildirdi.

“Tarix Livandagi operatsiyaga nisbatan Isroil tomonida emas. Shuning uchun men AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining nima bo‘layotganiga shubhalarini tushunaman”, deydi AQSHning sobiq yuqori martabali diplomati.

23 sentyabr kuni Isroil armiyasi “Hizbulloh” tuzilmalariga qarshi “Shimolning o‘qlari” operatsiyasini boshladi va bu operatsiya davomida Livan tashkilotining harbiy ob’ektlariga yirik havo hujumlari uyushtirdi. 27 sentyabr kuni sodir etilgan hujumlardan birida Bayrutda “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh o‘ldirildi. Tashkilot uning o‘limini tasdiqladi va Isroilga qarshi turishda davom etishga va’da berdi. 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made