“G‘arb bilan muloqotga tayyormiz”. Eron Prezidenti Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llamasligini aytdi
Olam
−
23 Sentabr
8014Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BMT Bosh assambleyasi chog‘ida Yevropa davlatlari va AQSH vakillari bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 23 sentyabr kuni jurnalistlar ishtirokidagi davra suhbatida Ukraina inqirozini izohlayotganida so‘z ochdi.
“Biz yevropaliklar va amerikaliklar bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz. Biz hech qachon Ukraina hududiga tajovuz qilishni ma’qullaganimiz yo‘q. Biz har bir davlatning chegaralarini hurmat qilishimiz kerak”, dedi u.
Pezeshkiyon Ukrainadagi mojaroni “muloqot yo‘li bilan” hal qilishiga ishonishini aytdi.
“Agence France-Presse” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Prezidenti G‘arb davlatlarining Eron Rossiyaga qurol yetkazib berishi haqidagi da’volarini ham yana bir bor rad etgan.
Moskva va Tehron Ukrainada foydalanish uchun Eron qurollarining Rossiya yetkazib berish versiyalarini bir necha bor rad etgan.
Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 11 sentyabr kuni Eron Rossiyaga hech qanday ballistik raketalar yetkazib bermagani, AQSH va Yevropa ishonchsiz ma’lumotlarga tayanayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguni qabul qilgan va ular ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgandi.
LiveBarchasi