G‘ani BAAga O‘zbekiston orqali ketgan. Sobiq Prezidentning qochishi tafsilotlari ochiqlandi

Olam

image

Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani Birlashgan Arab Amirliklariga O‘zbekiston orqali qochgan. Qochish tafsilotlarini “Hasht e Subh Daily” gazetasi e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ashraf G‘ani 54 kishi bilan Termiz shahriga kelgan, jumladan, 22 uchuvchi va 22 nafar Prezident qo‘riqchisi. Shu bilan birga, bortdagilardan hech birining pasporti bo‘lmagan va bir qanchasida faqat harbiy hujjat bo‘lgan.

G‘ani Termiz aeroportida 31 soat bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida uni O‘zbekistonning 200 harbiy xizmatchisi himoya qilgan. 16 avgust kuni tushdan keyin sobiq Prezident va uning hamrohlari hech qanday ramzsiz bo‘lgan kichik samolyotga chiqishgan.

Flightradar sayti ma’lumotiga ko‘ra, layner Qozog‘istonning “FlyJet” aviakompaniyasiga tegishli.

“Samolyotda biz ozgina suv va ovqat oldik”, degan G‘ani atrofidagi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari G‘aniga hamrohlik qilayotganlarga mamlakatda yashashga imkoni yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf G‘ani joriy yilning 15 avgust kuni Qobul shahri “Tolibon” nazoratiga o‘tgach, iste’foga chiqib, mamlakatni tark etgan. U Afg‘onistonni 2014 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Ashraf G'ani

Baholaganlar

1922

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing