Ganada eng qadimgi odam qoldiqlari topildi
Olam
−
31 yanvar 2020
5591AQSHning Tarix va zamonaviy davr tadqiqotlari markazi ma’lumotiga ko‘ra, Gana davlatida eng qadimgi odam qoldiqlari topildi. Uning yoshi 15 million yil deb e’tirof etilmoqda.
Mutaxassis Jeyms Rolandning fikricha, topilgan qoldiqlar hozirgi fanda aytilayotgan eng qadimgi odam to‘g‘risidagi faktlarni inkor etadi. Bu, o‘z navbatida, eng qadimgi odam bundan 15 million yil avval yashaganini isbotlashi mumkin.
“Mutaxassislarimiz 31 ga yaqin davlatda tadqiqot olib borishdi va Ganada sayyoradagi eng qadimgi odam yashaganini aniqlashdi. Unga “Gana-2020” maxsus nomi berildi. Biz bu borada izlanishlarimizda davom etyapmiz”, deydi markaz bosh direktori Jeyms Roland.
Uning fikricha, zamonaviy tarix yanglish ma’lumotlarga ega. Hozirda o‘rgatilayotgan Tosh davri odamlari eng qadimgilar emas, balki undan oldingi davrda yashagan odamlarga taalluqli.
LiveBarchasi