Navbatdagi sensatsiya! Angliya Ganani yenga olmadi
Sport
−
03:11 952 1 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “L” guruhidan o‘rin olgan Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahs 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.
AQSHning Foksboro shahridagi “Jillett” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jamoalar bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Gana terma jamoasi safida yarim himoyachi Tomas Parti maydonga tushdi. U Kanada rasmiylari tomonidan viza berilmagani sababli Panamaga qarshi birinchi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi.
Ikki turdan keyin Angliya va Gana terma jamoalari hisobida to‘rttadan ochko mavjud. “L” guruhidan o‘rin olgan Xorvatiya va Panama terma jamoalari esa birinchi turdan keyin hali ochko jamg‘armagan. Ular o‘zaro bahsni 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 4:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichining so‘nggi turida Angliya Panamaga qarshi maydonga tushadi, Gana esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar joriy yilning 28 iyun kuniga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi