O‘zbekistonning guruhdoshi Kolumbiya ham nimchorak finalga chiqdi
Sport
−
08:42 2407 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Kolumbiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Ganani 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona golga 14-daqiqada Jon Arias mualliflik qildi.
Shu tariqa kolumbiyaliklar minimal hisobdagi g‘alaba evaziga 1/8 finalga chiqqan so‘nggi jamoaga aylandi. Janubiy amerikaliklarning keyingi raqibi 1/16 finalda Jazoirni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Shveysariya bo‘ladi. Mazkur uchrashuv joriy yilning 7 iyul kuni Vankuver shahrida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya milliy terma jamoasi guruh bosqichida O‘zbekiston, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgan edi. Janubiy amerikaliklar ikki g‘alaba va bir durang qayd etib, 7 ochko bilan “K” guruhida birinchi o‘rinni egallagan holda 1/16 finalga yo‘l oldi. Kolumbiya guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Live
Barchasi10:14