Ganalik shaman Harri Keynni sehrlaganini aytdi

Sport

image

Ganalik shaman Nana Kvaku Bonsam Angliya terma jamoasi sardori Harri Keynga nisbatan aytilgan la’natni bekor qilganini ma’lum qildi. U bu haqda Facebook sahifasida yozdi.

“Men dunyodagi eng kuchli sehrgarman. Endi Harri Keynni qo‘yib yuboraman, u keyingi o‘yinda gol uradi. Harri, sening oldingga kelyapman. Xafa bo‘lma”, deb yozdi Bonsam.

Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Keyn Xorvatiyaga qarshi birinchi tur bahsida (4:2) dubl qayd etgan, ulardan biri penaltidan urilgan gol bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Bonsam Keynni Ganaga qarshi uchrashuvda “to‘xtatish” uchun unga la’nat aytishini bildirgan edi.

Bonsam 2014 yilgi Jahon chempionatida Portugaliya – Gana uchrashuvi arafasida Krishtianu Ronalduning tizzasidagi muammo uning sehri bilan bog‘liq bo‘lganini da’vo qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xudolardan olingan barglar va turli damlamalardan tayyorlangan kukunni portugaliyalik hujumchining surati atrofiga sepgan.

Biroq Ronaldu o‘yingacha tiklanib, maydonga tushgan va g‘alaba golini urgan. O‘sha bahsda Portugaliya Ganani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Gana joriy yilning 28 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Angliya esa shu vaqtda Panama bilan bahs olib boradi.

Angliya va Gana hozirda “L” guruhida 4 tadan ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Xorvatiya 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda, Panama esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda va pley-offga chiqish imkoniyatini muddatidan oldin yo‘qotgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing