JCH-2026 da tanilgan “sehrgar” hibsga olindi

Sport

image

JCH-2026 tribunalarida havoga oq kukun sochgan videolari bilan mashhur bo‘lgan ganalik muxlis Kaylani Ibrohim Kpa viza va sayohat firibgarligida gumonlanib, Akkra shahrida hibsga olindi va sudga tortildi. Bu haqda Gana Teleradioeshittirish korporatsiyasi (GBC) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir nechta shaxs Kpa ulardan o‘n minglab dollar pul olgani, evaziga Kanada, Nikaragua va AQSHga sayohatlarni tashkil qilib berishni va’da qilganini ma’lum qilgan. Politsiya hozircha yetkazilgan zararning aniq miqdorini oshkor qilmagan.

“Yen” portali esa gap 80 ming dollardan ortiq mablag‘ haqida ketayotganini yozdi. GBC ma’lum qilishicha, “Pudramen” laqabi bilan tanilgan Kpaning o‘zi Jahon chempionatiga o‘z mablag‘i hisobidan borganini, ammo keyinchalik puli tugab qolganini aytgan.

Kpa musobaqa vaqtida tribunalarda bolalar sepadigan kukunga o‘xshash modda solingan idishdan havoga oq kukun sochishi orqali mashhur bo‘lgan. Shu sababli ko‘pchilik uni shaman deb o‘ylagan.

Jahon chempionati davomida yana bir ganalik Nana Kvaku Bonsami ham o‘zini sehrgar deb atab, Angliya terma jamoasi sardori Garri Keynni “la’natlagani” haqidagi da’volari bilan ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortgan.

Ma’lumot uchun, Gana terma jamoasi Jahon chempionatida guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunlab, 1/16 finalda Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing