Gaiti Prezidentining o‘ldirilishini o‘rganayotgan tergovchilar tahdidga uchramoqda
Olam
−
27 iyul 2021
3964Gaitining sobiq Prezidenti Jovenel Moizning qotillik holatlarini aniqlagan tergovchilarga qarshi noma’lum shaxslar jazo choralari bilan tahdid qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Jurnalistlar olgan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi tergovchilar noma’lum raqamlardan qo‘ng‘iroqlar va xabarlar olgan.
“Hey, xodim, boshingizdagi o‘qga tayyorlaning”, deyilgan rasmiylarga yuborilgan xabarlardan birida.
Gaiti tergovchilarining ishini qiyinlashtirayotgan yagona narsa o‘lim tahdidi emas. Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, ular uchinchi shaxslarning tergov harakatlariga u yoki bu tarzda aralashishga urinishiga bir necha bor duch kelgan.
Shuningdek, manbalar, hujumchilar olib borilayotgan tergov jarayoni to‘g‘risida tushunchaga ega, deb taxmin qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2017 yildan beri davlatni boshqarib kelayotgan Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohiga uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘ldi. Hujumda Moizning rafiqasi ham jarohat oldi va Mayamidagi shifoxonada davolanib qaytdi.
Moizning dafn marosimi 23 iyul kuni Gaiti shimolidagi Kap-Aiten shahrida bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi