Gadoyev Malayziya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Jamiyat
−
20 mart
6596Avvalroq, Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Bugun, 20 mart kuni elchi Malayziya Podshohi Sulton Ibrohimga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Istana Negara" saroyida bo‘lib o‘tgan marosimdan so‘ng kechgan muloqot davomida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Malayziya Podshohi O‘zbekiston Prezidentiga hurmat va samimiy tilaklarini bildirgan. O‘zbekiston xalqiga fayz baraka, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va farovonlik tilagan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, mushtarak din, ma’naviy qadriyatlar tilga olingan.
Qolaversa, so‘nggi yillarda oliy va yuqori darajadagi muloqot jadallashib borayotgani ijobiy baholangan. Kelgusida ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda yanada kengayishiga umid bildirilgan.
Suhbat yakunida Malayziya Podshohi O‘zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuksaltirish yo‘lidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilagan.
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishgani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi