G20 yig‘ilishi qo‘shma bayonotsiz yakunlanadigan bo‘ldi – “Reuters”

Olam

image

Hindistonning Gandinagar shahrida (Gujarat shtati) bo‘lib o‘tayotgan G20 davlatlari moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishi ishtirokchilar o‘rtasida Ukraina mavzusidagi kelishmovchiliklar tufayli qo‘shma bayonotsiz yakunlanmoqda. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni Hindiston hukumatidagi manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Hindistonning tadbir uchun taklif qilgan kun tartibini barcha ishtirokchilar ma’qullagan bo‘lsada, aksariyat G‘arb davlatlari, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralash pozitsiyasida turib olgan. Boshqa tarafdan esa Rossiya va Xitoy bunga qarshi chiqmoqda. Natijada Hindiston mezbon davlat sifatida G20 a’zolarining barchasi uchun maqbul bo‘lgan yakuniy kommunike ishlab chiqa olmagan.

Aytish joizki, joriy yilning fevral oyida Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tgan shunday yig‘ilishda qo‘shma bayonot qabul qilingan, biroq Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralash haqidagi gaplar undan olib tashlangan edi. O‘shanda ham Moskva va Pekin buni ma’qullamagan edi.

Ma’lumot uchun, G20 mamlakatlari moliya vazirlari va Markaziy banki rahbarlarining Gandinagardagi uchrashuvi bugun, 18 iyul kuni kechqurun yakunlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Hindiston Ukraina G20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing