G20 sammitining yakuniy deklaratsiyasi bo‘yicha konsensusga erishildi
Olam
−
09 Sentabr 2023 7660 1 daqiqa
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi G20 yetakchilari sammitining yakuniy deklaratsiyasi matni bo‘yicha konsensusga erishilganini e’lon qildi. Bu haqda u bugun, 9 sentyabr kuni sammitda so‘z ochdi.
“Men yaxshi xabar oldim. Jamoamiz faoliyati natijasida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tayotgan G20 yetakchilari sammiti deklaratsiyasi matni bo‘yicha konsensusga erishildi. Deklaratsiya qabul qilinganligini e’lon qilaman”, degan Modi.
Ma’lumot uchun, G20 yetakchilari sammiti har yili bir marta turli mamlakatlarda muntazam o‘tkaziladi. Bu yil tadbir Hindistonda “Bir yer, bir oila, bir kelajak” shiori ostida 18-marotaba o‘tkazilmoqda. Hindiston birinchi marta forumga mezbonlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq sammitda qatnashayotgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 yetakchilarini Rossiya talablarini bajarishga va g‘alla bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirgandi. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen esa Rossiyani jahon g‘alla bozorini barqarorlashtirish maqsadida Ukraina don mahsulotlari uchun dengiz yo‘llarini ochishga chaqirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025