Erdo‘g‘an Putin bilan gaplashib oldi

Olam

image

Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 24 noyabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Ular Ukrainadagi vaziyat, jumladan, AQSHning tinchlik rejasini muhokama qilish bo‘yicha fikr almashdi.

Muloqot chog‘ida Putin Amerika tomoni taqdim etgan takliflar Rossiya va AQSH o‘rtasida Alyaskadagi sammitdagi muhokamalarga mos kelishi va yakuniy tinchlik kelishuviga asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Rossiya Prezidenti yana bir bor Moskva Ukraina inqirozining siyosiy va diplomatik yechimidan manfaatdorligini bildirdi.

Erdo‘g‘an, o‘z navbatida, muzokaralar jarayoniga yordam berishga va bu maqsadlar uchun Istanbul platformasini taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Davlat rahbarlari Ukraina masalasida turli darajadagi Rossiya-Turkiya aloqalarini faollashtirishga qaror qildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, strategik ahamiyatga ega energetika loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

23 noyabr kuni Erdo‘g‘an Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Putin bilan bo‘lajak suhbatni e’lon qildi. Bu haqda u Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan G20 sammitining yakuniy sessiyasi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Turkiya rahbari “g‘alla yo‘lagi”ni qayta tiklash masalasini ko‘tarishni rejalashtirgani ma’lum qilindi.

19 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Erdo‘g‘an Anqara mojaroni hal qilish bo‘yicha Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlev Rossiya AQSHning Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yangi taklifiga rozi bo‘lmasligi kerakligini aytib, bu urushning haqiqiy yakuniga olib kelmaydigan “provokatsiya” ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an G20 sammiti Ukraina masalasi tinchlik rejasi telefon muloqoti Istanbul platformasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing