Erdo‘g‘an ertaga Putin bilan gaplashib olmoqchi (video)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ertaga, 24 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. U bu haqda Janubiy Afrikada G20 sammitida doirasida o‘tkazgan matbuot anjumanida gapirgan. 

“Bu hafta janob Vladimir Zelenskiy mening mehmonim edi. Ertaga men janob Putin bilan telefon orqali suhbatlashaman. Albatta, bu yerda (G20 sammitida) bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvlarimiz davomida biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni batafsil muhokama qildik, vaziyatni baholadik va nima qila olishimizni ko‘rib chiqdik. Biz tinchlikka qanday erishishga qat’iy e’tibor qaratdik”, deydi u.

Turkiya rahbari Putin bilan suhbatda don yo‘lagi shartnomasini qayta tiklash masalasini ko‘tarish niyatida ekanligini bildirgan. 

“Biz ilgari don yo‘lagi bo‘yicha taniqli tashabbusga ega edik. Bu tashabbus haqiqatan ham tinchlikka yo‘l ochishga qaratilgan edi. Biz don yo‘lagi Yevropa va Afrikaga yetib borishini xohladik. Afsuski, faqat cheklangan muvaffaqiyatga erishdik. Ertaga muzokaralar davomida men janob Putindan bu haqda yana so‘rayman. O‘ylaymanki, agar biz bu jarayonni boshlasak, bu yaxshi natija bo‘ladi”, deydi u. 

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, Putin bilan suhbati davomida u odamlarning o‘limini to‘xtatish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligini muhokama qilish niyatida. Shuningdek, davlat rahbari Putin bilan muzokaralardan so‘ng, natijalarni ham yevropaliklar mavqedoshlari, ham AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lisha umid bildirgan.  

“To‘rt yil o‘tdi va bu to‘rt yil ichida yuz minglab odamlar halok bo‘ldi. Rossiya va Ukraina tomonlarida ko‘pchilik halok bo‘ldi. Turkiya o‘laroq biz bu voqealarni chuqur qayg‘u bilan kuzatmoqdamiz. Biz bu vaziyatni tezroq hal qilishga intilamiz va umid qilamizki, shunda tinchlikka imkon qadar tezroq erishiladi”, deydi Turkiya Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing