Yo siz keling, yo men boray

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning iyul oyida Turkiyaga tashrif amalga oshirishi kutilyapti. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yaponiyada o‘tayotgan “kuchli yigirmatalik” davlatlari sammitida ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Turkiyaning AQSH va NATOdagi ittifoqchilari bilan munosabati rasmiy Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olayotgani sababli yomonlashib boryapti. Turkiya S-400 ZRM sotib olayotgani uchun AQSH sanksiyalariga uchrashi va F-35 qiruvchi-samoyotlarini sotib olish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. 

Erdo‘g‘an G20 sammiti doirasida Tramp bilan uchrashib, uni sanksiya joriy qilmaslik va F-35 yetkazib berishni davom ettirishga ko‘ndira oladimi, yo‘qmi bunisi hozircha noma’lum. Uning o‘zi bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

“Mening AQSH Prezidenti Tramp bilan G20 sammitidagi uchravushim ikki tomonlama munosabatlarimizda yuzaga kelgan keskinlikni bartaraf qilish va aloqalarni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, deb hisoblayman. Bundan tashqari, gap janob Trampning iyul oyida Turkiyaga tashrifi haqida boryapti”.

Erdo‘g‘an rasmiy Anqara Rossiyadan S-400 ZRM sotib olish fikridan qaytmasligini yana bir bor ta’kidladi va Trampdan sanksiya haqida hech nima eshitmaganini bildirdi.

“Biz ularga F-35 loyihasi uchun 1,25 mlrd dollar to‘lab bo‘lganmiz. Agar ular haqiqatda, shunday noto‘g‘ri harakat qilishsa, biz xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilib, hozirgacha sarflagan harajatlarimizni qaytarib berishlarini talab qilamiz”, degan Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an AQSh-Turkiya G20 sammiti

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing