Erdo‘g‘an G20 yetakchilarini Rossiyaning talablarini bajarishga chaqirdi
Olam
−
09 Sentabr 2023 10235 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 yetakchilarini Rossiya talablarini bajarishga va g‘alla bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi. Bu haqda turk rasmiylariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Aytilishicha, Erdo‘g‘an Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan sammit doirasidagi boshqa yetakchilar bilan yopiq uchrashuvlarda g‘alla bitimini tiklash uchun qadam tashlamoqda. Turkiya boshqa davlatlardan Londonda joylashgan Lloyd’s kompaniyasiga Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini sug‘urtalashda yordam berishlarini hamda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun Moskvani SWIFT tizimiga qayta ulashni so‘ramoqda.
Manbaga ko‘ra, Turkiya g‘arblik hamkasblariga g‘alla bitimini qayta tiklash yo‘li bu Rossiyaga qarshi “sanksiyalarni yumshatish” ekanligini uqtirmoqda. Erdo‘g‘anga ko‘ra, bu sanksiyalar sabab Moskva qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kirolmayapti.
Ma’lumot uchun, Turkiya Hindistondagi G20 sammiti va Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi arafasida g‘alla kelishuvi bo‘yicha hamkorlar va manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni faollashtirgan, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishni davom ettirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabr kuni Sochida Turkiya Prezidenti bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Moskva unga berilgan va’dalar bajarilgan paytdan boshlab bir necha kun ichida don bitimiga qaytishga tayyorligini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr