Getji UFC chempionlik jangida qatnashadi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt amerikalik MMA ustasi Jastin Getji chempion Charlz Oliveyra va Dastin Pore o‘rtasidagi chempionlik jangi g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tarilishini ma’lum qildi.

“Ha, Jastin ro‘yxatda keyingi o‘rinda. Kimdir chempionlik jangida ishtirok etishi kerak bo‘lsa, u aynan Getji. Va bu siz hayotda ko‘rgan eng buyuk janglardan biri bo‘ladi”, deydi Uayt.

Getjidan so‘ng, Beneil Dariush va Islam Maxachev jangi g‘olibi UFC chempioniga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Jastin so‘nggi bor UFC 268 turniri doirasida hamyurti Maykl Chendlerni hakamlarning qarori evaziga mag‘lub etgandi. Islom Maxachev esa UFC 267 musobaqasida yangi zelandiyalik Den Xukerni “kimura” uslubida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 dekabr kuni amerikalik Pore va braziliyalik Oliveyra o‘rtasidagi yengil vazn chempionlik jangi UFC 269 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Por'e Dana Uayt Getji Maxachev Oliveyra Xuker

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing