FVV aholiga muzda uchmaslikni tavsiya qildi
Jamiyat
−
23 yanvar 2023 5835 1 daqiqa
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni so‘rab murojaat bilan chiqdi. Ta’kidlanishicha, anomal sovuq tufayli ko‘llar usti muzlar bilan qoplangan va aholi, ayniqsa, bolalar yaxlamalar ustida uchmoqda.
“O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, ko‘llar, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. Ushbu hududlarda aholi, ayniqsa, yosh bolalar ko‘ngil ochish maqsadida konki va chanalarda uchishmoqda. So‘nggi kunlarda havo harorati anchayin iliqlashgan bo‘lsada, ko‘llarni qoplagan muzlar erib ketgani yo‘q”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, respublika hududlaridagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmagani sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etadi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025