FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Qamchiq dovonidagi vaziyat sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda vazirlikning Telegram sahifasida video joylangan.

“Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 235-242 kilometrlari oralig‘ida qor yog‘ayotgani sababli haydovchilarni ogohlikka chaqiramiz. 
Hurmatli haydovchilar, “Qamchiq” dovonida harakatlanish vaqtida yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilib, xavfsizlik tasmalarini o‘zingiz hamda yoningizdagi yo‘lovchilarga taqib harakatlanishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi vazirlik ogohlantirishida.

Shuningdek, yo‘llarda, xavfli burilishlarda harakatlanayotganda ehtiyotkor bo‘lish, tezlikni oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish ham so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabr kuni “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopib qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing